Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

3. Yatrogeniya turlari.

Barcha yatrogeniyalarni quyidagi rubrikalarga taqsimlash mumkin.

1. Dori-darmonlar natijasidagi yatrogeniyalar;

2. Diagnostik - asbob-uskunali yatrogeniyalar;

3. Xirurgik yatrogeniyalar;

4. Narkoz – og’riqsizlantirish yatrogeniyalari;

5. Buzuq texnik asboblardan foydalanish oqibatida vujudga keladigan yatrogeniyalar;

6. Transfuzion - infuzion yatrogeniyalar;

7. Septik yatrogeniyalar;

8. Nurlar oqibatida vujudga keluvchi yatrogeniyalar;

9. Reanimatsion yatrogeniyalar;

10.Profilaktik yatrogeniyalar;

11 .Informasion - ma'lumot yatrogeniyalar;

12.Boshqalar

Amaliyotda eng kop uchraydigan yatrogeniya turi bu informasion - ma'lumot yatrogeniyalardir. Bu asosan noto’g’ri muloqotdan yuzaga keladigan yatrogeniyaning bir turidir. Medikamentoz, ya'ni dori darmonlar ta’sirini yaxshi bilmasdan qo’llash va ularni bemor organizmi qanday qabul qilishini o’rganmay ishlatish natijasida vujudga keladigan yatrogeniyalarni orasida eng ko’p uchraydigani teri va shilliq pardalar shikastlanishidir. Bunday dori - darmon toksikodermiyalari o’zining ko’rinishi, kechishi bo’yicha ko’pincha ma'lum teri kasalliklari singari kechadi.Yuqorida ko’rsatib o’tilgan patologik xolatlar ichida xamma soxa shifokorlarini diqqatini jalb etuvchisi toksik epidermal nekrolizdir (Layel sindromi). Chunki bu xolat juda tez shakllanib og’ir kechadi va yomon oqibat bilan tugaydi.

Nazorat savollari:

  1. Yatrogeniya tushunchasiga ta’rif bering.

  1. Yatrogeniya muammosining dolzarbligi nimada?

  1. Yatrogeniya turlari va ularni kelib chiqish sabanlari.

  2. Yatrogeniyani tibbiyot xar xil ixtisosliklarida uchrashi variantlari.

  3. Yatrogeniyani xozirgi zamon tibbiyotida uchrash sabablari.

  4. Yatrogeniyani kasalliklar tanatogenezidagi o’rni.

  5. Yatrogeniyani oldini olish chora tadbirlari.

IV bob. Evtanaziya muammolari.

1. Evtanaziya tushunchasi.

Evtanaziya - bu og’ir, tuzalmas kasallikka mubtalo bo’lgan bemorni qiynoq azoblardan qutqarish uchun tibbiy o’limni turli dori-darmonlar yordamida tezlashtirishdir. "Evtanaziya" atamasi grekcha Eu- "yaxshi" va thanatos - "o’lim", degan ma'noni anglatib, "yaxshi" o’lim mazmunini bildiradi. Bu qaltis masalaga vrachlik deontologiyasi nuqtai nazaridan manfiy javobni berish mumkin. Shifokorlarning asosiy vazifasi bemorni davolash bo’lishi va evtanaziyaga yo’l qoymasligi kerak. Shifokor bor bilimi va barcha imkoniyatlarini ishga solib, bemorni azob uqubatlarini engillatishga xarakat qilishi xamda davolashi uning muqaddas shifokorlik burchidir.

Xozirgi vaqtda g’arb davlatlari va yevropa davlatlarida evtanaziyaga moyillikga ikki xil munosabat bildirilmoqda. Liberal va konservativ. Ikkala munosabat egalari evtanaziyani amalga oshirish sabablariga o’z dalillarini bildirmoqdalar.

  • Tibbiy o’lim - Bemorning og’r va tuzalmas kasallik azob uqubatidan qutqarishning yagona chorasi sifatida;

  • O’lishi aniq, tuzalmas, axvoli og’ir bemorni yaqinlariga raxmdilligi - "Meni deb yaqinlarim qiynalmasin";

  • Bemorni egoistikligi natijasida – “Nomim va sha'nimga munosib, o’z xurmatim bilan o’lishni xoxlayman";

  • Biologik - Mayib majrux insonlardan yana mayib majruxlar tug’ilib ko’paymasligi uchun;

  • Mag’sadga muvofig’lik – Bir bemorga uzoq va natijasiz muolajani, reanimassiya chora tadbirlarini to’xtatib, yashab ketishiga umid bor bemorlarga dori darmon va reanimassiya asbob uskunalarni qo’llash;

  • Ekonomik - Davolab bo’lmaydigan yashab ketishiga umid yo’q bemorlarga mablag’ sarflamaslik;

Oxirgi uchta maqsad fashistlar Germaniyasi tomonidan davlat siyosati sifatida ishlatilib, urushni oxirgi yillari mayib majruxlar, og’ir yaradorlarni dori darmon va gospital resursslari taqchilligi sababli o’ldirishgan. F.Benonning yozishicha: «Shifokorning burchi -faqatgina bemorni sog'lig’ini tiklabgina qolmasdan, balki shu kasallik natijasida paydo bo'lgan azob-uqubatlarni, og'riqni yengillashtirish, bemorning o'limini yengil, tinch va azobsiz kechishiga yordam berishdan iboratdir”. Hozirgi davrda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarafdorlari bu so'zni «yoqimli. yengil o'lim» deb baholasalar, qarshilar esa buni qotillik, deb izohlaydilar.