Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

5.Qariyalar asab tizimidagi o’ziga xos o’zgarishlar

Asab tizimi -organizm qarishida miya og’irligi kamayadi, pushtalar yupqalashadi, egatchalar kengayadi, qorinchalar bo’shliqlari kattalashadi, neyronlarda distrofik va atrofik o’zgarishlar ro’y beradi. Markaziy nerv sistemasidagi yoshga bog’liq o’zgarishlar oqibatida qarilik belgilari namoyon bo’ladi: psixikada, oliy nerv faoliyatida, aqliy va jismoniy qobiliyatining pasayishi, organizm ichki faoliyati buzilishi, xotira pasayishi kuzatiladi.

I.Pavlovning fikricha, qarilikda miyadagi qo’zgalish va tormozlanish jarayonlarining bir-biri bilan almashinishi sustlashadi, shartli reflekslar paydo bo’lishi qiyinlashadi. Shartsiz reflekslar xarakteri xam o’zgaradi, analizatorlar faoliyati pasayadi.

6.Qariyalar ruxiyatidagi o’ziga xos o’zgarishlar

Qarilikda inson ruxiy faoliyatida bilish, idrok, fikr qilish, tafakkur, emotsiyalar pasayadi. Yoshga aloqador o’zgarishlar ya'ni moddalar almashinuvining buzilishi, jinsiy bezlar funksiyasining susayishi, endokrin muvozanatning bo’zilishidan psixoz paydo bo’ladi. Bemorlar ko’nglida xavotirlanish, bezovtalanish, besaranjomlik, gunoxkorlik, vasvasa, sekin-asta aql pastlik rivojlanadi, o’z joniga suiqasd qilish xollari kuzatiladi.

7.Qariyalar endokrin tizimi

Qarilikda endokrin bezlarda atrofik va sklerotik o’zgarishlar paydo bo’ladi, sekretor funksiyalar pasayadi. Gipofizda bazofil xujayralar soni ko’payib atsidofil xujayralar soni kamayib ketadi. Bu xujayralarda DNK miqdori kamayadi, kolloid to’planadi. Qalqonsimon bezlar epiteliotsitlarida DNK miqdori kamayib ketadi. Me'da osti bezida destruktiv o’zgarishlar oqibatida yirik orolchalar kamayib, mayda orolchalar ko’payib ketadi. β -xujayralar soni kamayib, qandli diabet rivojlanadi. Striopallidar sistemada katexolamin almashinuvining buzilishi parkinsonizm rivojlanishiga sabab byladi.

8.Qariyalar yurak – qon tomir tizimi

60 yoshdan o’tgan odam yuragi og’irligi kamayadi, bo’shliqlari kengayadi, endokard qalinlashadi, kardiomiotsitlar atrofiyaga uchraydi. Qon tomirlarning ichki qavati qalinlashadi, elastikligi kamayadi. Yurak qisqarishlari ritmi sekinlashadi, gemodinamika va kardiodinamika o’zgaradi.Miokardning qisqarish qobiliyati va energetik jarayonning sustlashishi yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Qon aylanishining gipotalamik regulyasiyasining buzilishi, qonda vazopressin miqdorining ortib ketishi, buyraklarda qon aylanishining pasayishi arterial gipertenziyaga olib keladi. Koronar qon tomirlarning sklerozi esa yurakning ishemik kasalliklariga sabab bo’ladi.

 

9. Qariyalar nafas olish tizimi

Nafas organlarining shilliq qavatlarida qarish jarayonida atrofik o’zgarishlar paydo bo’ladi, bronx devorlarida distrofik sklerotik o’zgarishlar paydo bo’ladi. O’pkada alveolalar shakli o’zgaradi, bazal membrana qalinlashadi, alveolalar chuqurligi kamayadi, nafas olish ritmi tezlashib, aritmiyalar vujudga keladi, o’pkaning xayotiy sig’imi kamayadi, bu esa bronx o’tkazuvchanligining pasayishi, nafas mushaklari kuchining pasayishi, ko’krak qafasi rigidligini oshishiga olib keladi.