Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1441
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

7. Noverbal muloqot elementlarini qo’llashga tavsiyalar.

Noverbal muloqotni samarali bo’lishi uchun quydagilarga axamiyat berish kerak:

- Mimikalarga, ayniqsa, noxush tuyg'uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor qiling va ularni nazorat qiling;

  • Qo'lning beo'xshov xatti-harakatlarini qilmang;

  • Chuqur «uh» tortmang;

  • Ko'z qarashlaringizni nazorat qiling;

  • Burun jiyirmang, qosh chimirmang, tish kavlamang, quloq qichimang, saqich chaynamang (aks holda bemor hamiyati ozor chekishi mumkin);

  • Behuda kulavermang;

  • Vaziyat taqozosidan kelib chiqib, eng maqul masofada turing;

- Gavdangizni bemorni tekshirish uchun va u bilan suhbatlashishga qulay holatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda), juda uzoq masofada muloqot qilmang;

  • Suhbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va mulohazalar bilan chalg'itmang, shoshilmang;

  • Bemordan nigohingizni (ko'zlaringizni) olib qochmang;

  • Uning so'zlariga qiziqishingizni bildirib turing;

  • Suhbatning asosiy mohiyatini ilg'ab oling;

  • Muloqotni ko'zlaringiz bilan qollab turing;

  • «Xa» ma'nosida boshingizni irg'ab turing;

  • Ma'lumotlami tushunishga harakat qiling;

-Tabassumdan to'g'ri foydalaning (26- rasm).

Nazorat savollari:

  1. Passient bilan muloqotning qanday turlari bor?

  1. Verbal muloqotning ta’rifi va elementlari.

  1. Pasient muammosini aniqlashda verbal muloqotning axamiyati.

  2. Verbal muloqot elementlari.

  3. Verbal muloqot kommunikassion to’siqlari.

  4. Noverbal muloqot va noverbal muloqot elementlari.

  5. Noverbal muloqot kommunikassion to’siqlari.

  6. Pasient bilan muloqotda gavda vaziyati, mimika va optimal oraliq masofani axamiyati.

  7. Tibbiyot xodimi pasientni xis tuyg’ularini aniqlashini muolaja jarayonidagi axamiyati.

VII bob. Konsultasiya. Konsultasiya turlari va qoidalari.

1. Konsultasiya tushunchasi.

Konsultasiya -pasient muammolarini yechimini mutaxassis tomonidan aniqlab berilishi, maslaxat berib, odamni to’gri yo’lga undamoq tushuniladi. Tibbiy konsultasiya-davolash jarayonining eng muxim qismi. Insonlar yordam uchun avvalo psixoanalitiklar, ijtimoiy yordam ko’rsatish xodimlariga emas, balki umumiy amaliyot shifokorlariga murojaat qilganliklari sababli jamiyat shifokorlardan yordam va ko’mak kelishini tushunib bormoqda. Shifokorning bemor bilar o'zaro muloqoti davolash jarayonining asosidir.

Butun flkr, e'tiborni bemorga qaratish, samimiylik, uni diqqat bilan tinglash, bemor bilan birga qayg'urish, jiddiylik o'zaro muloqot o'rnatishning (kommunikatsiyaning) asosi bo'lib xizmat qiladi.

2.Konsultasiya turlari.

Konsultasiya direktiv va nodirektiv bo’lishi mumkin bu xodisaning xususiyatiga bogliq. Direktiv konsultasiya- bu shifokorning bemorga tayyor qarorni taklif etishi, nodirektiv konsultasiya esa shifokorning bemorga mustaqil to’g’ri yo’l tanlashga yordam berishidir.

Nodirektiv konsultasiya. Eng yaxshi natijaga shifokor kasalni tuyg’ularini o’zinikiday xis qilib, ustun chiqishga intilmaslik, o’zini fikrini bildirib davolasa erishadi. Ushbu talablarga nodirektiv konsultasiya javob beradi. Nodirektiv konsultasiya jarayonida shifokor faqat o’z xoxishini bildirmay balki bemorga o’zi qaror qa'bul qilishga yordam beradi. Ushbu xolda kasal faqat shifokorning fikriga tayanib qolmay davolanishga tushunib va ma'suliyat bilan munosabatda bo’ladi.

Direktiv konsultasiya Direktiv uslubi kasal qattiq xayajonda bo’lib o’zi to’g’ri qaror qilaolmasa va xolatni to’g’ri baxolay olmasa qo’llaniladi.