Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

V bob. Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati

1.Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolatini muloqot o’rnatishdagi axamiyati

Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati ular bilan muloqot qilishda asosiy e’tiborga olinadigan jihat bo’lib, muloqot turi, shakli, verbal va noverbal usullarini tanlashda axamiyatga ega. Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati nevropatolog professor Z.R. Ibodullaev tomonidan quyidagicha tavsiflanadi:

Shaxs xarakterini 10 tipini ajratish mumkin.

1. Namoyishkor shaxs: Bu tipga mansub shaxslarning xulq-atvorida namoyishkorlik doimo sezilib turadi, ular barcha xatti-harakatlarini namoyishkorona bajarishni xush ko‘rishadi. Atrofdagilar bilan tez va osonlikcha muloqotga kirishadi, ishchan hamda harakatchan bo‘lishadi.

2. Qotma shaxs: Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur odam. Kam gapirsada, nasihat qilishni xush ko‘radi. Unga nisbatan aslida mavjud bo‘lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi.

3. Rasmiyatchi shaxs. Sinchkov, maydakash va o‘ta rasmiyatchi shaxs. Janjal va kelishmovchiliklarga kam aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda paydo bo'lib qolsa, o ‘zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos.

4. Ta’sirchan (qo‘zg‘aluvchan) shaxs. Jizzaki, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmaydigan, qo’pol, janjalkash va tez g‘azablanadigan kishilardir. Ular badqovoq va zaharxanda kishilar bo‘lib, birov bilan osonlikcha murosaga borishmaydi, doimo janjalning o ‘rtasida bo‘lishadi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchilardir, aksariyat hollarda esa janjalning muallifi ularning o‘zi bo‘lib chiqishadi. Ularda verbal va noverbal reaksiyalar ancha sust boiadi, shuning uchun ham odamlar bilan bemalol til topishib keta olishmaydi.

5. Gipertim shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar yuqori darajada harakatchanligi, so‘zamonligi, mimikalarga boy xatti-harakatlari, dilkashligi bilan ajralib turishadi. Ular har qanday odamlar bilan tezda muloqotga kirib keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘rishadi, shum va sho‘x bo‘lishadi. Suhbat chog‘ida dastlabki mavzudan tezda chetga chiqib ketishi mumkin, buni o‘zi ham sezmay qoladi.

6. Distimik shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar o'zining jiddiyligi bilan ajralib turishadi, ular o‘ta bosiq bo‘lib, kayfiyati past odamni eslatadi. Ularning harakatlari sust bo‘lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi, o‘z imkoniyatlarini ham past baholashadi. Ular birovlar bilan kam muloqotga kirishadi, davralarda suhbatga aralashmay jim o‘tirishni xush ko‘rishadi.

7. Xavotirli shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar birovlar bilan darrov muloqotga kirishib keta olishmaydi, doimo xavotirda bo'lishadi, qo'rqoq va uquvsiz bo‘lishadi, o‘ziga ishonmaydi. Ular qoronglulikdan, uyda yolg‘iz qolishdan va hayvonlardan qo‘rqishadi.

8. Xushchaqchaq shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlarning xulq atvorida yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan xislatlar — bular o‘ta baxtiyorlik, zavqlanish, xushchaqchaqlik, shodlanish, huzurlanish hissidir. Boshqalarga shodlanish, zavqlanish hissini yuzaga keltira olmaydigan vaziyatlar ularda shunday his-tuyg‘ulami yuzaga keltira oladi. Ular muloqotga tez kirishib ketishi, so‘zamonligi va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turishadi, ular kulishsa yayrab kulishadi.

9. Emosional shaxs. Bu toifaga kiruvchilaming xulq-atvoridagi xislatlar bir qaraganda xushchaqchaq toifaga kiruvchilarga o‘xshab ketadi, biroq emosional shaxslar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yaqqol namoyon qilisha- vermaydi, ya’ni ular biroz niqoblangan holatda bo‘ladi. Ular uchun hissiyotga beriluvchanlik, ta’sirchanlik, vahima, qo‘rqoqlik, xavotir va ko‘p so‘zlash xosdir. Ularning xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘luvchi xislatlar insonparvarlik, odamlar va hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatlilik, mehribonlikdir.

10. Siklotik shaxs («siklotimiya» - grekchadan kayfiyat, his-tuyg‘u degani). Gipertimik (yuqori kayfiyat) va distimik (buzuq kayfiyat) holatlaming bir-biri bilan almashib turishi bilan kechadi. Bunday shaxslarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi va ular tashqi ta’sirotlarga juda bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz kayfiyati buzilishi mumkin, kayfiyatni ko‘taruvchi voqealar ro‘y bersa, ularning faolligi oshib juda ishchan bo‘lib qolishadi, tashlab qo‘ygan ishlarini zavqlanib qayta boshlab yuborishadi, o'zidagi bu faollikni ko‘rib ko‘tarinki kayfiyatda yuradi, so‘zamol bo‘lib qoladi, miyasiga zo‘r g'oyalar kela boshlaydi. Bunday holat gipertimiya deb ataladi. Agar to‘satdan g‘amgin voqealar yuz bera boshlasa, barcha qilayotgan ishlarini to‘xtatib qo‘yadi, kayfiyati buziladi, fikri karaxt va kamgap bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qoladi, janjal ko‘taradi, g‘azablanib yuradi.Bu holat distimiya deb ataladi. Shuning uchun ham ularga jiddiy ishlarni topshirib bo‘lmaydi.