Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

4. O 'limi tez orada muqarrar bo'lgan bemorlar bilan muloqot.

27-rasm. Og’ir va yotoq vaziyatdagi bemorlar bilan muolajalarni samarali bolishiga umid bag’ishlash zarur.

Bu muloqot chog'ida shifokor va hamshirada kuchli ruhiy zo'riqish ro'y beradi. Barcha chora-tadbirlar ko'rilgan, lekin bemor hayoti letal tugashi (o'limi) muqarrar. Har bir bemor xox u hayotga qaytsin, xox buning aksi bo'lsin, shifokor va hamshira fojiali holatlarda o'zini o'zi «eydi». Shifokor o'zini mana shunday nozik hayotiy holatlarga tayyorlashi muhim.

Jigar sirrozi kasaliigida bemor ma'lum vaqtdan so'ng (ehtimol, yaqin vaqtda) vafot etadi. Bemor endi taqdirga tan bergan. Uning vafoti juda yaqin emas, lekin uzoq yillar ham yashamaydi. Bu holatda shifokor ma'lum me'yorda bemor bilan ochiqroq suhbatlashishi mumkin. «Sizning ahvolingiz nisbatan durust. Negaki, songgi olingan bioximik natijalar ancha yaxshi», - deb yupatish mumkin (27-rasm). Bu yerda ham ma'lum holatda bemorning shaxsiy xususiyatlariga e'tibor berish kerak bo'ladi. Masalan, irodasi mustahkam,hayot zarbalarini matonat bilan kutib oladigan ba'zi bemorlarga (agar o'zi talab qilsa) haqiqatni balki aytgan ma'qul (xususan, vasiyatnoma, meros taqsimoti kabi yuridik hujjatiarni rasmiylashtirishi uchun). Yana bir muammo. Kasalga rak tashxisini aytish kerakmi? Ayni paytda bir hayotiy voqeani keltiramiz. Bemor (taniqli jurnalist) kundan-kun ozib, holsizlanib, to'sh suyagi ostida noxushlik seza boshlaydi. O'tkazilgan davo ijobiy natija bermaydi. Shunda Respublikadagi taniqli jarrohni maslahat uchun chaqiradilar. Bemor bu mutaxassisni bir necha kun intizorlik bilan kutadi. Ko'rik kuni ham yetib keladi. O'sha «mashhur» jarroh kasalni tezda ko'radi-yu, achchiq haqiqatni qo'rslik bilan (bemor huzurida) aytadi: «Bu kasalda oshqozon raki. O'tkazib yuborilgan, davodan foyda yo'q»,- deb xonadan chiqib ketadi.

Bechora kasal ahvolini bir tasavvur qiling-a, qancha-qancha umid bilan necha kunlab kutilgan «ko'rik»ning natijasi... Bunday haqiqat metastazdan ham dahshatliroq emasmi? Axir bemorning sanoqli kunlari qora tunga aylanmaydimi?

Shuni ham aytish kerakki, agar bemor operatsiyadan bosh tortsa, unga kasalining jiddiyligini yengil shaklda bildirish joizdir. Ayniqsa, bemor qohiga rak tashxisini ko'rsatuvchi rentgen qog'ozlarini bermaslik, hujjatlarda «oshqozon organik o'zgarishi» yoki «oshqozon yarasi» deb ko'rsatishi maqsadga muvofiqdir.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bemor atrofidagi tibbiyot xodimlari o'z kasblariga nisbatan jiddiy bo'lib, fahm-farosat bilan munosabatda bo'lsalargina o'z vijdonlariga xilof ish tutmagan bo'ladilar.

5.Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot.

Bemor o'zining yuqumli kasal bilan og'riganidan xabar topgan zahoti ruhan tushkunlikka uchraydi. Chunki bulardan ba'zilari uzoq muddat davolanadi (masalan, sil, zahm kabilar). Boz ustiga ba'zan qat'iy, davomli parhezning talab etilishi bemorni tushkunlikka tushirib qo'yadi (jumladan, virusli gepatit kabilar).

Sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar ruhiyati intoksikalsiya va uzoq davomli tuberkulostatik dorilarni ichishi ta'sirida o'zgarib boradi. Ular o'ta asabiy, xudbin (egosentrik) bo'lib qoladilar. Atrofdagilarning bunday kasallardan «qochish»lari ularni ruhiy tushkunlikka solib qo'yadi. Sil bilan og'rigan bemorlar oylab stasionarda, yaqinlaridan uzoqda yashaydilar. Shuning uchun tibbiyot xodimlari e'tibor bilan doimiy psixoterapevtik muolajalarni o'tkazib turishlari, ulardan oshkora qochmasliklari kerak.

Teri-tanosil kasalliklarida bemor o'zidagi teri o'zgarishlarini yashirishga harakat qilib, jismidagi doimiy noqulaylikni his etib yashaydi. Zahm tashxisini eshitgan bemor depressiyaga uchraydi va joniga qasd qilish (ya'ni- suitsid) fikri tug'iladi. Bunday damlarda shifokor bosiqlik bilan kasallikni davolash mumkinligini tnshuntirishi kerak.Amaliyotda zahm, so'zak (gonoreya) yoki trixomonoz bilan og'rigan kasallar davolanishdan bosh tortgan hollar uchrab turadi. Albatta, bunday paytda ushbu kasallik bilan og'rigan bemorlar zudlik bilan majburiy davolanishga jo'natiladi. Bu vazifa huquqni muhofaza qilish organlari yordamida amalga oshiriladi.

Demak, shifokor yuqorida qayd qilingan kasalliklarga mubtalo bo'lgan bemorlarni davolash jarayonida ularning ruhiyatidagi o'zgarishlarni va bu kasalliklarning xususiyatlarini e'tiborga olgan holda har bir bemor bilan alohida muloqot o'rnatishi durust bo'ladi.

Dizenteriya, virusli gepatit, meningit kasalliklarida shifokor o'ziga xos deontologik yondoshmog'i kerak. Bemorga, bunday paytda zudlik bilan kasalxonada davolanishi kerakligi, aks holda turli asoratlar muqarrarligini, izolyatsiya qilinmasa, oilaning boshqa a'zolariga yuqish xavfi borligi tushuntirilishi kerak. Ko'pincha aholi o'rtasida “o'zim tuzalib ketaman”, degan noto'g'ri fikr yuradi.

Xulosa qilib aytish kerak, yuqumli kasalliklar deontologiyasi bemorlarning nozik ruhiyatlari xususiyati bilan bog'liq.