Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать
  1. Meditsina xodimining bemorni turli emotsional xolatlaridagi taktikasi.

Bemorlarning depressiv xolatidan xamisha xavotirlanish kerak. Chunki bunda bemorlar, ko‘pincha, atrofdagilar va xodimlar uchun butunlay kutilmagan xolda suitsidal yoki boshqa xavfli xatti xarakatlar qiladilar.

Aniq ifodalangan depressiya xolati mavjud bo‘lsa xam bemor sira o‘zining yashashini istamasligini aytmaydi, chunki bu xol uni psixiatriya kasalxonasiga olib kelishini biladi. Ma'yus kayfiyat, yolg‘izlikka intilish xarakatning tormozlanishi meditsina xodimini tashvishlantirishi lozim. Bunday be'mor uning e'tiboridan chetda qolmasligi lozim.

Emotsional o‘zgaruvchan be'morlar extiyotlik bilan g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladilar, chunki xodimlarning keskin oxangda gapirishi va qovog‘i soliq xolda yurishi tashvishli kechinmalarni vujudga keltiradi.

Yaxshi shirin so‘z va tabassum ba'zan ular uchun doridan xam muximroqdir. Ma’lumki disforiya qisqa muddatli bo‘ladi. Agar bemor disforik jazava xolatida bo‘lsa iloji boricha uni tinchlantirish kerak. Emotsiyalar va xis tuyg‘ularni tekshirish. Bemorni ko‘zdan kechirayotganda uning mimikasiga, xolatiga atrofdagi bemorlar va xodimlar bilan muomala qilish usuliga e'tibor qilish kerak. Depressiyaning obektiv belgilari midriaz, spastik qabziyat, menstruatsiyaning yo‘qligi, lab va til shilliq pardalarining quruq bo‘lishi. Be'mor va uning qarindoshlari bilan suxbatlashish ko‘p qo‘shimcha ma'lumotlar beradi.

Nazorat savollari:

  1. Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati tibbiyot xodimi ish faoliyatiga, diagnostika va muolaja jarayoniga qanday ta’sir etishi mumkin?

  1. Pasientlar xarakteri qanday turlarini bilasiz?

  1. Pasientlarni xar hil xarakteriga muloqot qanday bo’lishi kerak?

  2. Temperament nima?

  3. Temperament turlarini ta’riflang.

  4. Eyforiya qanday xolat?

  5. Depressiyaga tushgan bemorlar belgilari.

  6. Emotsiya nima?

  7. Qanday emotsional xolatlarni bilasiz?

  8. Tibbiyot xodimini passientning turli emotsional xolatida muloqotning qaysi modelidan foydalanishi maqsadga muvofiq?

VI bob. Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari.

1. Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal turlari va uning elementlari.

Bemor bilan munosabalda so 'z orqali (verbal) va so 'z yordamisiz-(noverbal) muloqot ko'nikmalari mavjud. Suhbatdosh bilan muloqot quyidagi o‘lchamlarda yuz beradi. Bir tarafdan muloqotda verbal nutq rejasi: suhbatdoshlar bir-biriga aytmoqchi bo‘lgan (ammo ular bunday fikrlamasliklari ham mumkin) so‘zlar, iboralar; 2-tarafdan esa, inson beixtiyor o‘zining harakatlari bilan suhbatdoshiga bo‘lgan chin munosabati, kayfiyati, niyatlari, emotsional holatini bildirishi mumkin. Imo-ishoralar, mimika, intonatsiyalar – muloqotning eng asosiy qismidirlar. Ba'zida, aynan shu vositalar (ular noverbal vositalar deb ataladi) yordamida so‘zlardan ham ko‘p narsani ifodalash mumkin. Avstraliyalik mutaxassis A. Pizning ta'kidlashicha, so‘zlar orqali 7 % ma'lumotni, tovushlar vositalari orqali 38%, mimika, imo-ishoralar, poza (tana holati) orqali - 55% ma'lumotni berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nima gapirayotganimiz emas, qanday gapirayotganimiz muhim. Suhbatdoshimiz tomonidan ifoda etilayotgan noverbal ma'lumotlar – ovozining intonatsiyasi, qarashlari, mimika, imo-ishoralari, turli tana harakatlari va tana vibratsiyalari – biz uchun juda muhimdir. Qolaversa, deontologiya faqat bemorga shirin so‘z gapirib, kulib qarab turish degani emas. Deontologiyaning ustuvor yo‘nalishIaridan biri, ishonchdir. Ba’zan hadeb vahima qilaveradigan bemorni qattiqroq «koyib» qo‘yishga ham to‘g‘ri keladi. Ana shundagina u vrachga ishonadi. «Agar kasalim haqiqatan ham tuzalmas bolganida, doktor meni urishib bermasdi», deb o'ylaydi. Ba’zan davo usuli bemorni qoniqtirmaydi. Ko‘p dori-darmon yozilsa, unda «Shuncha dori shartmikan yoki kasalim ogirm i, yoki vrach tajribasizmi?» degan fikrlar paydo bo‘ladi. «Falonchi doktor falonchi bemorni ikkita dori berib tuzatib yuboribdi», degan so'zlarni ba’zan eshitib turish mumkin. Xo‘sh, bunday paytlarda qanday y o l tutish kerak? Ayniqsa, ba’zi kasalliklarni birmuncha uzoq davolashga to‘g‘ri keladi. Muolajalar darrov natija beravermaydi. Bunday paytda kasallikning mohiyatini bemor tushunadigan tilda bayon qilish kerak. Kerak boisa, bemorni tinchlantirish uchun tashxisni yanada aniqroq qo‘yish maqsadida, vrach o ‘zidan tajribaliroq hamkasblaridan maslahat so'rashi zarur. U bemorning oldida aslo o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Shuni unutmaslik kerakki vrach bemorni tekshiradi, bemor esa vrachni kuzatadi.