Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

4. Verbal muloqot bar’erlari

  • Stilistik- Gapni jumlalarini to’g’ri tuza olmaslik(“o’sha”,”anavi” kabi so’zlarni o’rinsiz ishlatish,ega kesimsiz yoki mavxum jumlalardan iborat gaplar);

  • Semantik- Sheva yoki jargonga oid gaplar;

  • Mantiqiy- Bemor saviyasiga, dunyoqarashiga, bemor mantig’iga, tassavuriga sig’maydigan, mos kelmaydigan fikrlar;

  • Punktuatsion - Gap tuzilishida vergul, undov, so’roq, nuqtaga riyo qilmaslik;

  • Orfografik- Jumlalar talaffuzida tovushlarni noto’gri ifodalanishi;

5. Noverbal muloqotni axamiyati va uning elementlari.

Muloqotning ikkinchi ko'rinishi noverbaldir, yani so'z yordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti-harakat, imo-ishoralar, tana vaziyati, mimika bilan yuzaga keladi. Noverbal muloqot verbal muloqotni to’ldirishi, uni ta’sirchanligini ta’minlashi muloqotni natijasini qanday bo’lishini ta’minlashi mumkin.Shifokor o’z xatti xarakatini, mimikasini nazorat qila olishi kerak.

6. Noverbal muloqot elementlari.

Bemorlar bilan muloqotda ularda kuzatiladigan noverbal muloqot belgilarini to’g’ri talqin qilish davolashning asosiy qismlaridan biridir.

Noverbal muloqot ko’nkmalari:

1. Kuzatuvchanlik ko’nikmasi;

2.Suxbatdoshlar orasidagi masofa;

3. Qo’l tekkizish;

4.Gavda xolati va vaziyati;

5.Konfidensallik;

6.Ko’z qarash va yuz ifodasi(mimika);

7.Paralingvistik muloqot;

8. Imo-ishoralar:

1). Ritmik imo-ishoralar

2). Emotsional imo-ishoralar

3). Ko‘rsatish imo-ishoralari

4). Tasvirlash imo-ishoralari

5). Ramziy imo-ishoralar

Mimika orqali inson qanday xis tuyg’ularni boshdan kechirayotganligini anglash mumkin.Xis tuyg’uni ifodalash uchun internet orqali ko’pincha tayyor “smaylik” shablonlaridan foydalaniladi (11- Rasm). Suxbatdoshning yuz ifodasidan xam uning kayfiyati, emotsiyasi maqsadi va fikri xamda xattoki niyatini aniqlash mumkin.:

11- Rasm. Ruxiy xolatlarni aks ettiruvchi mimika elementlari. (Kompyuter smayliklari).

Suxbatdoshning gavda, tana vaziyati, qo’l va oyoqlar xolati xamda xarakatiga qarab xam uning kayfiyati yoki uning maqsadini aniqlash mumkin. Bunga misol tarzida quyidagi xolatlarni ko’rish mumkin:

12- rasm. Gavda xolati: Tushkunlik

13- rasm. Gavda xolati: Ketishga xozirlik ko’rish

14- rasm. Gavda, qo’l, oyoq xolati: norozilik ifodasini anglatadi.

15- rasm. Gavda, qo’l, kaft vaziyati: G’arazlik yoki dushmanlik ma’nosini anglatadi.

16- rasm. Gavda, qo’l, kaft vaziyati: O’ziga juda xam ishonish, boshqalar ustidan ustivorlik kayfiyatini ifoda etadi.

17- rasm. Gavda, qo’l, oyoq vaziyati: Hizmatga tayyor ekanligini anglatadi.

18- rasm. Gavda, qo’l, oyoq vaziyati va yuz ifodasi: Bir birini sinash kayfiyatini ifoda etadi.

19- rasm. Gavda, qo’l, oyoq vaziyati va yuz ifodasi: konflikt yuzaga kelayotganini ifodalaydi.

20- rasm. Bosh xolati, yuz ifodasi: suxbatdoshga befarqlik va boshqa narsaga qiziqishni ifodalaydi.

21- rasm. Qo’l xarakati va predmetlardan foydalanish: Suxbatdosh nazarini kerakli narsaga jalb qilish

22- rasm. Gavda, qo’l, oyoq va yuz ifodasi: Suxbatdoshlarni xar tomonlama bir-biriga teng ekanligini ifodalashi.

23- rasm. Kiyimlarni chang-g’uborlardan tozalash xarakati: O’ziga bo’lgan ishonchsizlikni ifodalaydi.

24- rasm. Bosh va yuz xolati: E’tiroz va norozilik ifodasini anglatadi.

25- rasm. Shifokorni o’z xis –tuyg’ularini boshqara olmay qolishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.(“Internalar” filmidan).

Shifokor o’z xis-tuyg’ularini jilovlay olmay qolishi bemor va uning yaqinlarida salbiy fikr keltirib chiqarishi mumkin, bu o’z navbatida kommunikassion to’siqlar keltirib chiqaradi(25- rasm). Xar qanday vaziyatda xam shifokor o’z xatti xarakatini nazorat qilishi zarur.

26-rasm. Pasientlarga o’z o’rnida ochiq chehra bilan muloqot qilish samarali muolaja garovidir.