Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

I bob.Bioetika to’g’risida tushuncha.

1.Tibbiyot bioetikasi tushunchasi va uning vazifalari

Bioetika - biomedisina fanlarini fanlararo taraqqiyot va sog’liqni saqlash amaliyoti soxasiga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida yuzaga kelgan etik, falsafiy, antropologik muammolarni tadqiqot qiluvchi fan soxasidir. Xozirgi zamon tibbiyoti va boshqa fanlarni rivojlanishi ko’pgina ijtimoiy va ruxiy muammolarni xal qilinishini taqozo etadi.

1-rasm. Van Rensselaer Potter –Amerika o’sma kasalliklari assosiyasiyasi prezidenti.

Bioetika termini Amerika vrachi Van Ransseler Potter tomonidan (Van Ransselaer Potter) "Bioetika: yashab ketish ilmi" (1971 y.) "Bioetika: kelajakga ko’prik" (1972 y.) kitoblarida ekologik etikani aloxida variantini ifodalash uchun foydalangan(1-rasm.). Potter g’oyasi gumanitar va biologik fanlarni bir yo’nalishda xarakat qilib fan texnika taraqqiyoti natijasida yerdagi xayotni noto’g’ri zararli ko’rinishga kirishishini oldini olishdan iborat edi. 1964 yilgi Butun dunyo mediklari assotsiatsiyasining Xelsinki deklarasiyasida ilmiy izlanishlarda rioya qilish uchun birinchi xalqaro etika standarti ishlab chiqildi. Tibbiy tadqiqotlarning ikkinchi etik standartlari 2000 yil Butun dunyo mediklari assotsiatsiyasining Xelsinki II deklarasiyasi tarkibida qabul qilindi.

2.Tibbiyot bioetikasi fani o’rganuvchi muammolar

Bioetika fani o’rganuvchi muammolar:

2-rasm.Tashxisot va muolaja qilish samaradorligini aniqlash uchun turli tajribalar o’tkazish.(“internalar” filmidan)

  • Reproduktiv texnologiyalar (suniy urug’lantirish, "probirkada" urug’lantirish, surrogat onalik) va abort, kontrasepsiya;

  • inson va xayvonlarda tadqiqot o’tkazish(9-rasm);

  • Bemorni o’tkaziladigan radikal muolajalarga munosabati, uni shu masalalardagi xuquqi;

  • O’lim tushunchasini aniqlashtirish, o’zini o’ldirish va evtanaziya (faol, sust, ko’ngilli);

  • O’lishi aniq bemorlarga munosabat (xospislar);

  • Vaksinasiya va OITS;

  • Oilani rejalashtirish va demografiya masalalari;

  • Genetika muammolari (gen tadqiqotlari, gen injeneriyasi genoterapiya);

  • Transplantologiya;

  • Sog’liqni saqlash soxasida odilona xolislik;

  • Insonni klonlashtirish ;

  • O’zak xujayralar bilan tadqiqotlar va boshqa masalalar.

3.Tibbiyot bioetikasi muloqot modellari

Shifokor muloqoitning modeli deganda bemor bilan bo’ladigan muloqotning ko’rinishi , shakli, mazmuni, maqsadi va suxbat olib borish tarzi tushuniladi

Muloqotning tarixiy modellari:

1. Gippokrat modeli (bemorga zarar keltirmaslik).

Gippokrat (460-377 E.A.) qasamyodida bu modelni tarifi bor. "Bemorga zarar keltirma, bemorni axvolini yomonlashtiradigan muolaja qilinmasin». Muolaja va diagnostika niyatida qilinadigan chora tadbirlar natijasida bemorga ruxiy va jismoniy zarar yetqazmaslik xamda evtanaziyaga yo’l qo’ymaslik nazarda tutiladi.

2. Parasels modeli -mehribonlik qilish, bemorga ota -onasi kabi g’amxo’rlik qilish va bemor salomatligi javobgarligini o’z zimmasiga olish.

Parasels (1493-1541 y.m.) – paternalism (pater- "ota"lat.), g’oyasining mazmuni shifokorni muolaja jarayonida bemorga otalarcha munosabat, yoki vasiylik qilish ma’nosini anglatadi, demak bemorni shifokorga to’liq ixlosi bo’lib, barcha muolajalarni muxokama qilmay to’liq bajarishi tushuniladi.

3. Deontologiya modeli (Shifokor burchi). Deon -burch, logos-fan ma’nosida bo’lib, burch qoidalariga va shifokorlik qasamyodiga rioya qilish va bemorga kim bo’lishidan qat’iy nazar sidqidildan muolaja o’tqazish, uni parvarishlash xamda to’liq fidokorlik nazarda tutiladi.

4. Bioetika modeli (inson sha'ni va xuquqini xurmat qilish). Barcha diagnostik va davo muolajalarni va kasalligi to’g’risida bemor shani va xaq-xuquqlariga zid kelmasligiga rioya qilgan xamda yatrogeniyaga sabab bo’lmaydigan tarzda bu jarayonlar to’g’risida bemorlarga ma’lumot berish va ularning roziligi bilan muolaja va tekshiruvlar o’tqazish tushuniladi.

Bioetika modelining bir turi- axborot kelishuvchanligi tamoyilini 1972 y. Amerika shifoxonalari assotsiatsiyasi qabul qilgan. Bu tamoyilda shifokor bemorga kasallik, muolaja va uni zaruriyati to’g’risida to’liq ma’lumot beradi. Bemor o’zi ongli muolaja turini tanlashi kerak.

Nazorat savollari:

  1. Bioetika tushunchasi ta’rifi?

  1. Bioetika atamasini taklif etgan olim xaqida ma’lumot.

  1. Bioetika xal qiluvchi muammolar.

  2. Xozirgi zamon tibbiyotida bioetikani o’rni.

  3. Bioetika muloqot modellari nimani anglatadi?

  4. Bioetika Gippokrat muloqot modeli mazmuni.

  5. Bioetika Parasels muloqot modeli mazmuni va uning xozirgi zamon tibbiyotidagi ko’rinishi.

  6. Bioetika deontologiya muloqot modeli mazmuni .

  7. Bioetika (inson sha'ni va xuquqini xurmat qilish) muloqot modeli mazmuni va unu bizni sharoitda qo’llash imkoniyati.