Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
мажмуа Биоэтика.doc
Скачиваний:
1447
Добавлен:
21.12.2022
Размер:
6.03 Mб
Скачать

6.Jarrohlik bo'limidagi bemorlar bilan muloqot

Bu bo'limdagi bemorlarni shartli ravishda 2 guruhga bo'lish mumkin:

1. Bo'limga reja asosida kelgan bemorlar.

2. Bo'limga to'satdan kelgan bemorlar.

Birinchi guruhga oid bemorlar keyingi guruhdagilarga nisbatan taqdirga tan bergan, bo'limda kechayotgan tibbiy jarayon va hodisalarga asabiylashmay, aql ko'zi bilan qaray oladigan bemorlar kiradi. Chunki ular haftalab, oylab va hatto yillab jarroh stoliga yotish muddatini kutib yashaydilar. Bunga kishi tanasidagi ba'zi fiziologik jarayonlar (hayz davri yoki donordan biron a'zoni kutish) sabab bo'ladi. Bemor jarrohlik jarayonini intizorlik bilan kutadi. ular bilan suhbat keyingi guruhga oid bemorlarning o'rtasida o'ladigan suhbatdan yengilroqdir. Donorlik a'zoni kutayotgan bemorni shifokor tinchlantirishi, umid baxsh etishi kerak.

Bo'limga to'satdan kelib qolgan bemor ruhi bunday zarbaga tayyor bo'lmaydi. Shu sababga ko'ra, ular bilan nihoyatda ehtiyotlik bilan muomalada bo'lishi kerak. Shu o'rinda aytish mumkinki, bu bemorlar taqdir zarbasi tufayli jarrohlik bo'limiga kelib qolganlar.

Demak, jarrohlik bo'limida shifokor bemorning ham jismoniy, ham ruhiy iztiroblarini tushungan holda muomala qilgani ma'quldir.

7.Ginekologiya va tug 'riq bo 'limidagi bemorlar bilan muloqot.

Bemorlar bu bo'limga (jarrohlik bo'limidagi kabi) reja asosida va to'satdan kelib qoladilar. Bemorlarni asosan, kamqonlik, toksikoz, bola tushish tahdidi kabi holatlar bezovta qiladi. Ba'zilari kutilmagan tashvishga duchor bo'ladilar, ya'ni bu onalar o'z rahmi (bachadoni)dagi farzandlaridan bevaqt judo bo'ladilar. Aks hollar ham bo'ladi - ayollar istalmagan homiladan xalos bo'lishni so'rab keladilar. Shifokor turli niyatlar, turli orzular, aytish kerakki, bir- biriga zid maqsadlar bilan bo'limga kelgan ayollar ko'nglini topib muomala qila bilishi kerak.

Ijobiy va salbiy, ya'ni qarama-qarshi tuyg'ular ummoni mavjud muhitda xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlaridan ziyraklikning talab etilishi tabiiydir.

Ginekologiya bo'limidagi ayollarni tekshinsh jarayonida ular tabiatiga xos bo'lgan uyatchanlikni hisobga olib, muomala qilish kerak. Ayniqsa, befarzand va klimaks davridagi ayollar fe'li juda ta'sirchandir. Bemor ayollarni imkon qadar begona nigohlardan xalos etgan ma'qul. Tug'ish jarayonida ayollarga muloyim so'zlash, qo'pol xatti-harakat qilmaslik, shirin so'zlar bilan qo'llab-quvvatlash kerak.

Farzandini yo'qotgan, og'ir loksikoz paytidagi ayollarga o'zgacha deontologik yondoshmoq kerak. Aytaylik, ayol farzandini yo'qotdi. Shifokor bu ayol va uning turmush o'rtog'iga hamdardlik bildirib, kelajakda yana farzand ko'rishlariga umid tug'dirishi lozim. Shuningdek, har bir yosh ayol bilan kontrasepsiyalar haqida, abortning (ayniqsa, birinchi farzandni oldirishning) o'ta zararligi xususida suhbatlashishi muhim.

Ta'kidlangandek, e'tiborsiz aytilgan so'z noxush holatga olib kelishi mumkin. Bu o'rinda hayotiy misol keltiramiz: hamshira bemor ayolni navbatdagi muolajaga olib borar ekan: «Negadir bachadoningizdagi yoriqlar bitmayapti. Yaxshilab tozalamasak, bachadoningiz chirib ketishi mumkin» - dedi. Bunday «suhbat»dan so'ng bemor ruhiy tushkunlikka tushib, laktatsiya (sut kelishi) to'xtab qoladi. Ko'rinib turibdiki, bunday deontologik xatoga aslo yo'l qo'ymaslik kerak.

Barcha bo'limlardagi kabi ginekologiya dargohida ham shifokorlik sirini saqlash talab etiladi (bepushtlik tashxisi, faizand asrab olish kabi).

Tug'ruq va yangi tug'ilgan chaqaloqlar bo'limida tibbiyot xodimi shaxsiy tozalik qoidalariga rioya qilishi, ya'ni tirnoqlari olingan, qo'llarida turli bezak, taqinchoqlar bo'lmasligi kerak.

Demak, hayot-mamot chegarasida turgan va yaqin kun, soat, daqiqalarda ona bo'lish baxtini kutayotgan, lekin to’lg'oq dardida azob chekayotgan ayolning barcha injiqliklarini mehribonlik, bag’rikenglik, shirinso'zlik va sabr bilan «ko'tarish» uchun shifokor va hamshira o'zida katta kuch topa bilishi muhimdir.