Добавил:
Upload Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
xotirani yaxshilash.rtf
Скачиваний:
2726
Добавлен:
19.03.2016
Размер:
624.92 Кб
Скачать

Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.

1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq.

Masalan, Mark Tven sahnada o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.

2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.

3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.

Xotirani yaxshilovchi va o’z navbatida uni susaytiruvchi omillar bor. Keling, xotira bilan bog’liq muammolar haqida gaplashamiz.Nega susayadi?Buning bir qancha sabablari bor: noto’g’ri ovqatlanish, stresslar, kuchli hissiy zarbalar, ish va dam olish tartibining buzilishi, qattiq charchash… bosh miyaning qon bilan yetarlicha ta’minlanmasligi nafas yo’llari va o’pka tizimi, qalqonsimon bez, jigar va buyrak faoliyatidagi yetishmovchiliklar, yurak va tomir, foliy kislotasi va B12 vitamini yetishmasligi. miya chayqalib, lat yeyishi stresslarâ

1. Xotirani rivojlantirish asoslari

Xotiraning asoslari haqida keyinchalik batafsil to'xtalaman. Axir , blogimning asosiy mavzusi ham shu da.Lekin umumiy rasmni berishim uchun aytishim mumkinki- bular fokusni oshirish, mnemonika, so'ngi ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish, strukturiviy o'qish va AQL XARITASI(mindmapping) va yangi innovativ interaktiv usullardir.

2. Doimo Yangilikni o'rganib borish

Aniq xotirani rivojlantirishi mumkin bo'lgan usullardan biri bu doimo yangi narsani o'rganishdir. Yoki qisqasi o'zbek maqolidek "Beshikdan to qabrgacha ilm izla".Buni ko'plab tadqiqotlar natija sifatida ko'rsatyapti. 2004 yilda  "Nature" maqolasi shuni ma'lum qildiki , unga ko'ra kimda kim ko'proq ma'lumotga duchor bo'lsa , miyaning kulrang moddasi miqdori oshibdi. Bu miyamiz bo'linmasi esa o'z navbatida ko'p holatlarda visualniy xotira bilan bog'lanadi.

Oddiygina, agar siz ingliz tilini o'rganayotgan bo'lsangiz , buni to'xtatmasdan doimiy tarzda davom etish zarur. Bu inglizchasiga aytganda "Use it or Lose it" ya'ni  "Ishlat yoki yo'qot" degan tamoyil bilan xulosalash mumkin. Bu xodisa xattoki ilmiy nomga ham egadir. Pruning - Xomtoklash  deb ataluvchi ushbu fenomenga ko'ra miyadagi nerv yo'llari takrorlash davomida mustahkamlanib qalinlashib boradi, va buni teskarisi, hosil qilingan bilimga eltuvchi nerv tolalari torayib o'zi yo'qolib  ketadi.Buning yaqqol isbotini "Zakovat" intellektual o'yinlari bilan shug'ullanib yuruvchi ko'plab o'quvchilarda kuzatganman.Ular doimo yangi informatsiya va faktlar yodlab yurganligi tufayli, xotirasi doimo o'tkir turadi. Negaki miyamiz qaysidir ma'noda pichoq singari ishlatganingiz sayin o'tkirlashib boraveradi, ishlatilinmasa o'tmaslashish boshlanadi.

3. Turli xil usullarda o'rganing

 Judi Villsning fikriga ko'ra " Ma'lumotni saqlashda qanchalik miyaning ko'p regioni ishlatilsa, shunchalik ko'p o'zaro aloqalar deganidir. Bu esa shunchaki eslab qolishdan ko'ra , ma'lumotni o'rganishni nazarda tutadi "

Odatda Visual, Auditorli va kinestetik o'rganuvchi insonlar bo'ladi. Bu yerdavisual ko'rib yaxshi o'rganuvchilar, va auditorda esa eshitganda yaxshi tushunuvchilarni hamdakinestetik o'rganuvchilarga harakatlar bilan o'rganuvchilarni nazarda tutilgan.Maslahat shuki,  birdan oshiq usullarni qo'llab yodlashga harakat qilish darkor. Til o'rganayotganda eshitib, hamda video ko'rib , o'qib va yozib, yoki do'stingizga tushuntirib berib o'rganishingiz mumkin. Har xil usullarni qidirib ko'ring, negaki bir xillik miyamizga yoqmaydi va miya darrovda zerikib qoladi.

4. Nimani o'rgangan bo'lsangiz boshqa bir insonga o'rgating

Teaching as a learning" (O'qitish orqali o'qimoq) bu juda ommabop bo'lib qolgan metodika hisoblanadi. Haligacha esimda bor maktabda o'qiyotgan paytimda matematika o'qituvchimiz menga mavzuga tayyorlanib kelib o'quvchilarga tushuntirib berishni aytar edi. Bu albatta mavzuni yaxshilab tushunishga olib boradi, negaki tushunish mumkin, lekin tushuntirish ozgina qiyin bo'ladi.Ayniqsa, so'zlar bilan. Agarda siz uni eplay olsangiz bu siz mavzuni yaxshi tushunganingizdan dalolatdir. Aristotelning gapi bilan aytganda "Men tushunaman, shuning uchun men o'qitaman"

Bu metodikaning  ishlashining boshqa bir sababi shundaki, siz xabarni o'rganar ekansiz, tushuntirish uchun o'z tajribangiz va o'z so'zlaringizga tayanasiz. Institutimda bir narsani sezganmanki, imtixonlar yaqinlashgan sari qaysidir do'stimga mavzularni tushuntirib bersam, fan yuzasidan o'z mavzuim yanada mustahkamlashgan .

Соседние файлы в предмете [НЕСОРТИРОВАННОЕ]